A gepatitiga qarshi vaksina himoya qiladigan infeksiyalar (VGA)
Virusli A gepatitiga qarshi vaksina (VGA) bolalarga 2 yoshda, keyin 6 oydan soʻng — 2,5 yoshda yuboriladi.
A gepatiti — jigarning yengildan og‘irgacha kechishi mumkin bo‘lgan virusli kasalligi.
A gepatiti virusi ko‘proq ifloslangan oziq-ovqat yoki suvni iste’mol qilish, shuningdek, zararlangan shaxs bilan bevosita kontaktga kirishish orqali yuqadi.
A gepatitining inkubatsiya davri odatda 14–28 kunni tashkil qiladi. A gepatiti simptomlari yengildan og‘irgacha turlicha bo‘lishi mumkin:
• tana haroratining ko‘tarilishi
• holsizlik
• ishtahaning yo‘qolishi
• diareya
• ko‘ngil aynishi
• qorinda og‘riq
• peshobning qorong‘ilashishi va sariqlik (teri va skleralarning sarg‘ayishi)
Asoratlar
A gepatiti bilan kasallangan bemorlarning deyarli barchasida to‘liq sog‘ayish kuzatiladi va umrbod immunitet hosil bo‘ladi. Biroq juda kam hollarda A gepatiti virusi fulminant gepatitga, ya’ni tez rivojlanadigan og‘ir jigar shikastlanishiga va o‘limga olib kelishi mumkin.
A gepatiti asoratlarining oldini olish emlash orqali mumkin.
Qozog‘istonda zarur emlashlar va ular bilan bog‘liq afsonalar haqida batafsil ma’lumot — «Emlash taqvimi nima uchun kerak?» bukletida.
A gepatiti vaksinasiga umumiy qarshi ko‘rsatmalar
Vaksinaning istalgan komponentlariga, shu jumladan yordamchi moddalar, formaldegid va gentamitsin sulfatiga bo‘lgan yuqori sezgirlik va allergik reaksiya.
Nojo‘ya ta’sirlar (A gepatiti vaksinasі)
• isitma
• in’eksiya joyidagi reaksiyalar: qizarish va shish, in’eksiya joyida og‘riq
• charchoq
• yo‘tal, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari
• angina
• qayt qilish, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i
• bosh og‘rig‘i
• yig‘lash
• terida toshma
• diareya
• quloq og‘rig‘i
• anafilaksiya
Vaksinalar tarkibi, qo‘llanilishi va ko‘rsatmalari haqida batafsil ma’lumotni rasmiy veb-saytdan olish mumkin — ndda.kz
Manba: egu.kz