Bola uchun xavotir ryukzagi: unga nimalarni solish va qanday tayyorlash kerak
Ryukzak yengil va suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak. Ichidagi buyumlar bolaning yoshiga va yil fasliga qarab o‘zgarishi mumkin. Eng muhimi - uni o‘z vaqtida yangilab borish.
• Hujjatlar (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, sug‘urta hujjatlari);
• Ichimlik suvi (emizikli shisha yoki idish);
• Idish-tovoqlar to‘plami (stakan, qoshiq-sanchqi, likopcha);
• Oziqlantiruvchi batonchalar, yengil tamaddilar (pyure, bolalar pechenyesi, sharbatlar yoki bo‘tqalar);
• Ota-onalar tomonidan yozilgan eslatma: unda bolaning F.I.Sh., ota-onalar va eng yaqin qarindoshlarning aloqa ma’lumotlari (ismi, telefoni, manzili) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;
• Hushtak, fonarik, sinmaydigan oyna;
• Shaxsiy gigiyena vositalari - bolalar uchun nam salfetkalar, sovun, tish cho‘tkasi va pastasi, paxta disklar, pamperslar, paxta cho‘plar, dengiz suvi va aspirator, bolalar kremi va upasi, antiseptik, katta yoshdagi qizlar uchun - gigiyenik prokladkalar. Aytgancha, ularni issiqlik uchun oyoq kiyim ichiga ham solish mumkin;
• Kiyim-kechak 3–4 ta zaxira kiyim va ichki kiyim to‘plami, matoli va bir martalik pelenka, so‘lakcha;
• Telefon (imkon bo‘lsa) + quvvatlagich + power bank;
• Zarur bo‘lgan dori-darmonlarning individual to‘plami (agar bola allergik bo‘lsa - antigistamin, astma, dermatit va boshqa kasalliklarda mos dorilar. Hammasini zaxira bilan olish kerak. Shuningdek, antiseptik, Bepanten, isitma tushiruvchi sirop, paxta, Smekta, keng ta’sir doirasiga ega antibiotik suspenziyasi, burun uchun tomchilar, bint ham solish mumkin);
• Sevimli o‘yinchoq yoki buyum (sevimli adyol).
Yaxshisi, hammasi ziplok-paketlarga joylangan bo‘lsa. Eng zarur buyumlar oson olinadigan joyda bo‘lishi kerak. Dorilar va tamaddilarni alohida ajratish, bir qismini old cho‘ntaklarga, bir qismini asosiy bo‘limga joylash mumkin.
Yo‘riqnoma:
Uydan chiqishdan oldin vahimaga tushmasdan bola bilan tushuntiruvchi suhbat o‘tkazing. Vaziyatni va keyingi harakatlaringizni qisqacha tushuntiring. Bolada tug‘ilishi mumkin bo‘lgan savollarga javob bering. Oldindan kvartiradagi eng xavfsiz joylarni ko‘rsating. Bola bilan favqulotda vaziyat bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish, ota-onalar yonida bo‘lmasa, ko‘chada qayerga borish kerakligini ko‘rsatish ham foydali bo‘ladi.