Bolada pulsni to‘g‘ri o‘lchash
Bolada pulsni tekshirish — yurak-qon tomir tizimi holatini baholashning muhim qismidir. Pulsning asosiy xususiyatlarini bilish va uni to‘g‘ri o‘lchay olish orqali ota-onalar bolaning holatini baholab, zarur bo‘lganda o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilishlari mumkin.
Pulsning uchta asosiy ko‘rsatkichi
1. Yurak urish tezligi
Yurakning bir daqiqada necha marta urishi. Pulsni bo‘yinda (karotid arteriya), qo‘l bilagida (radial arteriya) yoki tirsak bukimining ichki tomonida (plechevaya — braxial arteriya) tekshirish mumkin.
2. Ritm (ritmli yoki ritmsiz)
Agar puls zarbalari teng vaqt oralig‘ida kelsa — ritmli hisoblanadi. Agar teng bo‘lmasa, “beqaror” bo‘lsa — aritmiya haqida o‘ylash mumkin.
3. Taranglik
Arteriyani bosib ko‘rganda qanchalik “qattiq” sezilishi. Agar puls juda tarang bo‘lsa — arterial bosim yuqori, juda sust bo‘lsa — past bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Bolalarda pulsning taxminiy normal ko‘rsatkichlari (o‘rtacha):
- 1 oygacha: taxminan 140/daq
- 1–12 oy: taxminan 130/daq
- 2 yosh: taxminan 125/daq
- 4 yosh: taxminan 115/daq
- 4–6 yosh: taxminan 105/daq
- 6–8 yosh: taxminan 98/daq
- 8–10 yosh: taxminan 88/daq
- 10–12 yosh: taxminan 80/daq
- 12–15 yosh: taxminan 75/daq
Bu qiymatlar o‘rtacha hisoblanadi; har bir bolaning individual normasi biroz farq qilishi mumkin.
Bolada pulsni qanday o‘lchash kerak?
1. Tayyorlash
Agar bola yugurgan, yig‘lagan yoki juda hayajonlangan bo‘lsa, yurak urishi tezlashadi. Bunday paytda 5–10 daqiqa tinchlantirib, hovuridan tushgach o‘lchash kerak.
2. Qayerda o‘lchanadi
- Bo‘yinda — karotid arteriya
- Qo‘l bilagida — radial arteriya
- Tirsak ichki tomonida — braxial arteriya (chaqaloqlarda qulay)
3. Texnika
- Ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar arteriya ustiga qo‘yilib, yengil bosiladi.
- 15 yoki 30 soniya davomida sanab, chiqqan sonni mos ravishda 4 yoki 2 ga ko‘paytirib, daqiqadagi puls hisoblanadi.
Eslatma: bu ko‘rsatkichlar yo‘l-yo‘riq uchun berilgan. Bolangiz yurak urishini aniq baholash va talqin qilishni pediatr amalga oshirishi kerak.
Manba: https://www.mayoclinic.org/tests-procedures/stress-test/doctors-departments/pdc-20385235
Muallif: Fatima Dautovna
Instagram: fatekadoc