Bolalar nega bog‘chada tez-tez kasallanadi va bunga nima qilish mumkin
«Hamisha kasal bola» – ko‘pincha bog‘chaga endi borayotgan bolalar haqida aytiladi.
Nega bunday bo‘ladi?
• Yangi muhit (bolalar bir-biri bilan muloqotda, quchoqlashganda, o‘ynaganda mikroorganizmlar almashadi)
• Stress (ona endi 24/7 yonida emas, yangi sharoitlar – bularning barchasi bolada stress chaqirishi mumkin. Stress virus va bakteriyalarga qarashli barqarorlikni pasaytiradi.)
Biz nima qila olamiz?
• Bolani chiniqishi, ratsionini xilma-xil va balanslashgan qilish
• Defitsitlarni to‘ldirish (qariyb har ikkinchi bolada kamqonlik yoki yashirin temir tanqisligi bor)
• O‘RI yoyilishini minimal darajaga tushiradigan bog‘chani tanlash
Keling, endilikda defitsitlar mavzusini ko‘rib chiqamiz.
6–12 oyda bir marta topshirilishi kerak bo‘lgan tahlillar:
• kengaytirilgan umumiy qon tahlili
• zarbdordagi temir
• ferritin
• S-reaktiv oqsil
• V12 vitamini
• foliy kislota
• D vitamini (agar bola uni nomuntazam yoki umuman ichmasa)
Tahlillarni ko‘rish va talqin qilish malakali pediatr tomonidan amalga oshirilishi kerak. Juda muhim jihat: tahlillar blankidagi normalar ko‘pincha noto‘g‘ri – ko‘p hollarda u erda kattalar uchun normalar ko‘rsatilgan!
Barcha onalarga sabr va bog‘chaga engil adaptatsiya tilaymiz!
Manba: https://medportal.ru/mednovosti/dva-dnya-hodit-dve-nedeli-doma-pochemu-deti-v-sadike-vse-vr/