Bolalarda dakriotsistit (ko‘z yoshi yo‘llari to‘silishi)

Bolalarda dakriotsistit (ko‘z yoshi yo‘llari to‘silishi)

Ota-onalar ko‘pincha: “ko‘zcha qotib qolgan”, “qaymoqlab qoladi” deb ta’riflaydi. Asosiy sabab — ko‘z yoshining burun bo‘shlig‘iga oqib tushmasligi, ko‘z yoshining to‘planib qolishi va atrofida infeksiya qo‘shilishi.

Nima uchun shunday bo‘ladi?

Oddiy sharoitda:
• tug‘ilish vaqtiga kelib ko‘z yoshi yo‘llarini yopib turgan parda yo‘qoladi yoki
• birinchi nafas olganda yoriladi.

Agar bu parda ochilmasa — tug‘ma dakriotsistit rivojlanadi. Qo‘shimcha sabablar:
• ko‘z yoshi xaltachasi sohasidagi katta qatlamlar;
• kam hollarda — yuz sohasidagi jarohatlar, burun (nazal) operatsiyalari, o‘simtalar.

Asosiy belgilari:

• ko‘zda doimiy yosh turishi;
• ko‘p yosh oqishi;
• ko‘zdan iflos, sariq yoki qurumsimon ajralmalar;
• bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin.

Ko‘zga dorilar tomizilganda vaqtincha yaxshilanishi, bekor qilinganda esa belgilar yana paydo bo‘lishi mumkin.

Asosiy asorat — ko‘z yoshi xaltachasi flegmonasi:

• ko‘z yoshi xaltachasi proeksiyasida og‘riqli, qattiq qizarish;
• bola bezovta bo‘ladi, tekkizilganda kuchli og‘riq sezadi;
• ko‘z atrofida shish, qizarish, tana haroratining ko‘tarilishi.

Davolash

Muhim: davolash taktikasi faqat ko‘z shifokori tomonidan belgilanadi. Chunki davolanmagan dakriotsistit:
• shox parda (rogovitsa) shikastlanishiga;
• chuqur yiringli yaralarga;
• qaytmas o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Shifokor tavsiyasiga ko‘ra:
• antibiotik tomchilar;
• maxsus massaj texnikasi buyuriladi.

Agar samara bo‘lmasa:
• odatda 3 oydan keyin ko‘z yoshi yo‘lini zondlash o‘tkaziladi:
o mahalliy anesteziya ostida;
o juda ingichka zond yordamida kanal ochiladi;
o antiseptik eritma bilan yuviladi;
o keyin antibiotik tomchilar buyuriladi.

1 yoshdan keyin zondlash odatda narkoz ostida amalga oshiriladi, shuning uchun muammoni erta hal qilish juda muhim.

Manba: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK470565/#:~:text=Dacryocystitis%20is%20an%20inflammatory%20condition,discharge%20from%20the%20tear%20duct.

Muallif: Elena Xegay
Instagram: dr_khegay

Read more

AbKDS–VGV–Xib–IPV vaksinasi uchun umumiy qarshi ko‘rsatmalar

Doimiy qarshi ko‘rsatmalar: * Vaksinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan drojjassimmon zamburug‘lar, bakteriyalar yoki boshqa hujayraviy komponentlarga nisbatan darhol paydo bo‘luvchi allergik reaksiyalar. * Neomitsin yoki streptomitsinga nisbatan darhol allergik reaksiyalar. * Markaziy nerv tizimining progressiv kasalliklari, jumladan infantil spazmlar, nazorat qilinmaydigan epilepsiya, vaksinatsiyadan so‘ng 7 kun ichida rivojlangan progressiv

By Administrator