Bolalarda onkologik kasalliklarning erta belgilari
“Hech bir bola saratondan vafot etmasligi kerak!”
Bu — bolalar onkologiyasi bo‘yicha xabardorlikni oshirish va ushbu kasallikka duch kelganlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan ICCD kampaniyasining shiori.
Afsuski, shunday “o‘ziga xos” yoki maxsus simptomlar yo‘qki, biz 100% ishonch bilan “bolada saraton bor” deb ayta olsak.
Biroq Xalqaro bolalar onkologlari hamjamiyati (SIOP) onkologik jarayonning erta belgilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlar guruhini ajratgan. Ularning kamida bittasi aniqlansa ham, albatta shifokorga murojaat qilish zarur. Ayrim simptomlarning yo‘qligi, afsuski, bolada saraton yo‘qligini kafolatlamaydi. Bolalarda onkologiya belgilari ko‘pincha noaniq, umumiy bo‘ladi, ba’zi holatlarda esa umuman namoyon bo‘lmasligi ham mumkin.
“Qizil bayroqlar” — xavfli simptomlar, ular bo‘lsa albatta shifokorga murojaat qilish kerak:
- Sababsiz, asta-sekin kuchayib borayotgan holsizlik, oqarish.
- Ko‘karishlar (sinyaklar) va qon ketishlarning paydo bo‘lishi.
- Tananing istalgan qismida (qorin bo‘shlig‘i, bo‘yin, ko‘krak, to‘sh, chanoq, qo‘l-oyoqlar) paydo bo‘lgan, ayniqsa og‘riqsiz shish yoki tugunchalar.
- Qorinning keskin kattalashishi.
- Infeksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan, uzoq vaqt davomida kattalashib borayotgan limfa tugunlari.
- Sababsiz, uzoq davom etuvchi isitma.
- Sababsiz vazn yo‘qotish, ishtahaning pasayishi.
- Apatiya, o‘yinlar va qiziqishlarga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolishi.
- Tungi terlash, terining qichishi.
- Uzoq davom etuvchi yo‘tal, kuchayib borayotgan nafas qisishi, nafas olishda qiyinchilik.
- Travma bilan bog‘liq bo‘lmagan suyak, bo‘g‘imlar yoki beldagi og‘riqlar.
- Kuchayib boruvchi bosh og‘riqlari, ko‘pincha ertalabgi ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan birga.
- Yurish va koordinatsiya buzilishi, yozuvning keskin yomonlashishi.
- To‘satdan paydo bo‘lgan, tushuntirib bo‘lmaydigan tutqanoqlar (talvasalar).
- Siydik ajralishi va ich kelishining buzilishi.
- Ko‘rishning to‘satdan yomonlashishi, ko‘zda ikki marta ko‘rish, qorachiqda oq chaqnash (odatda suratda qizil bo‘ladi, bu holatda esa oq).
Manba:
https://www.who.int/ru/news-room/fact-sheets/detail/cancer-in-children
Muallif: Anna Kocheridi
Instagram: dr_kocheridi_anna