Emizish

Nima uchun emizishdan keyin tekshiruv muhim?

Emizish

Emizish har bir ayol hayotidagi muhim va murakkab davrdir. Bu davrda onaning tanasi jiddiy stressni boshdan kechiradi, shuning uchun emizish tugagandan keyin sog‘lig‘iga alohida e’tibor berish muhimdir. Emizishdan keyingi tekshiruv potensial muammolarni aniqlash va ularning oldini olishga yordam beradi hamda organizmni hayotning keyingi bosqichiga tayyorlaydi.

Nima uchun emizishdan keyin tekshiruv muhim?

Gormonal muvozanatni tiklash
Emizish davrida ayol organizmida prolaktin va oksitotsin gormonlari miqdori sezilarli darajada oshadi. Ushbu gormonlar sut ishlab chiqarish va laktatsiyani qo‘llab-quvvatlash uchun javobgardir. Emizish tugagach, gormonal o‘zgarishlar boshlanadi va bu jarayon kayfiyat o‘zgarishi, charchoq, hayz siklining buzilishi kabi belgilar bilan kechishi mumkin. Tekshiruv gormonal fonning normallashishini nazorat qilishga va zarurat bo‘lsa, mutaxassislar yordamida uni to‘g‘rilashga yordam beradi.

Sut bezlari holatini baholash
Sutdan ajratilgandan so‘ng sut bezlari ham o‘zgarishlarga uchraydi. Laktatsiya davrida mastit yoki fibroz-kistoz kasalliklar rivojlanmaganligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Ko‘krak bezlarining ultratovush tekshiruvi odatda majburiy tekshiruvlar tarkibiga kiradi va har qanday o‘zgarishlarni erta aniqlash imkonini beradi.

Umumiy salomatlikni baholash
Emizish davrida ayol organizmi katta miqdorda energiya va resurs sarflaydi. Bu vitamin va mineral yetishmovchiligi, immunitet pasayishi kabi holatlarga olib kelishi mumkin. Emizishdan keyingi kompleks tekshiruv qon va siydik tahlillari, shuningdek vitamin va minerallar darajasini baholashni o‘z ichiga oladi.

Emizishdan keyingi tekshiruv nimalarni o‘z ichiga oladi?

1. Ginekolog bilan maslahatlashuv. Mutaxassis tekshiruv o‘tkazadi, jinsiy azolaringiz va sut bezlari holatini baholaydi va siz bilan har qanday alomatlar yoki tashvishlarni muhokama qiladi.

2. Qon va siydik taxlillari. Ushbu testlar tananing umumiy holatini baholashga, mumkin bo‘lgan yallig‘lanish jarayonlarini, vitamin va minerallarning etishmasligini aniqlashga yordam beradi.

3. Tos azolari va sut bezlarining ultratovush tekshiruvi. Ultratovush tekshiruvi har qanday o‘zgarishlar yoki patologik jarayonlarni aniqlash imkonini beradi.

4. Gormonal baholash. Mutaxassis tananing normal tiklanishini taminlash uchun asosiy gormonlar darajasini o‘lchash uchun testlarni buyurishi mumkin .

Read more

AbKDS–VGV–Xib–IPV vaksinasi uchun umumiy qarshi ko‘rsatmalar

Doimiy qarshi ko‘rsatmalar: * Vaksinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan drojjassimmon zamburug‘lar, bakteriyalar yoki boshqa hujayraviy komponentlarga nisbatan darhol paydo bo‘luvchi allergik reaksiyalar. * Neomitsin yoki streptomitsinga nisbatan darhol allergik reaksiyalar. * Markaziy nerv tizimining progressiv kasalliklari, jumladan infantil spazmlar, nazorat qilinmaydigan epilepsiya, vaksinatsiyadan so‘ng 7 kun ichida rivojlangan progressiv

By Administrator