Enterovirus va ichak infektsiyalari mavsumi:
Enterovirus va ichak infektsiyalari mavsumi: eng katta xavf – suvsizlanish!
Suvsizlanish (degidratatsiya) enterovirus va ichak infektsiyalaridagi eng jiddiy tahdidlardan biridir. Organizmdan suv va elektrolitlar yo‘qolishi qon aylanishi buzilishiga, to‘qimalarga kislorod etishmasligiga, bosh miya neyronlari zararlanishiga, termoregulyatsiya va nafas olish buzilishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning tanasi massasining bor-yo‘g‘i 15% miqdoridagi suyuqlik yo‘qolishi qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda bolani dorixonadagi maxsus regidratatsion eritmalar bilan ichirib turish juda muhim, chunki ularda optimal miqdorda tuzlar bo‘lib, kerakli osmolyarlikni taminlaydi.
Agar dorixona eritmalariga kirish imkoni bo‘lmasa, uy sharoitida quyidagi retseptlardan foydalanish mumkin.
- JSST tavsiya qiladigan retsept:
• 1 litr suv
• 1 chay qoshiq tuz
• 6 chay qoshiq shakar - Ikkinchi retsept:
• 1 litr suv
• 1 chay qoshiq tuz
• 8 chay qoshiq shakar
• 0,5 chay qoshiq osh sodasi - Uchinchi retsept:
• yuqori osmolyarli kompot tayyorlash
Bu retseptlar dorixona regidratatsiya eritmalariga kirish imkoni bo‘lmagan vaziyatlarda “qutqaruvchi” bo‘lishi mumkin. Eng muhimi – proportsiyalarga qatiy amal qilish, chunki shundagina organizmdagi suv va elektrolitlar etishmovchiligini optimal tiklash mumkin bo‘ladi.
Manba: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC9464461/
Muallif: Aygүl Kalieva
Instagram: dr.aigul_kaliyeva