Koklyush (Pertussis)

Koklyush (Pertussis)

Avvallari bu kasallik haqida faqat kitoblarda o‘qirdik, bugun esa real hayotda uchrayapti.

Koklyush — og‘ir bakterial infeksiya bo‘lib, kuchli, tutqanoqli, qusishgacha, nafas to‘xtashigacha, hatto talvasagacha olib boruvchi yo‘tal bilan kechadi. Yo‘tal 3 oygacha davom etishi mumkin, shu sababli u “100 kunlik yo‘tal” deb ham ataladi.

  • Qo‘zg‘atuvchi: Bordetella pertussis
  • Manba: kasal yoki simptomsiz tashuvchi odam
  • Mavsum: yil davomida uchraydi
  • Eng og‘ir kechishi: 1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda

Shu sababli emlashni o‘z vaqtida qilish juda muhim.
“Organizmi mustahkam bo‘lsin” degan fikr — xato va xavfli.

Profilaktika:

AKDS (DTaP) — 2, 3, 4, 18 oy va 6 yoshda

  • Kattalar (16 yoshdan yuqori) — har 10 yilda revaksinatsiya
  • Homiladorlar — 27–36 haftalarda (ko‘p mamlakatlarda standart)

Davolash:

Antibiotik faqat birinchi 2 hafta samarali. Dastlab O‘RIni eslatgani sababli, ko‘pincha kech qo‘llaniladi va keyin foydasiz bo‘ladi.

Asoratlar:

  • pnevmoniya
  • ensefalit
  • otit
  • sudorogalar
  • qovurg‘a sinishi
  • nafas to‘xtashi
  • o‘lim: 1:100 (CDC ma’lumotlari)

Koklyush ko‘payishining sabablari:

  • emlanmagan bolalar
  • vaksinatsiyadan asossiz bosh tortish
  • soxta “tibbiy qarshi ko‘rsatmalar”
  • soxta emlash pasportlari

Vaksinatsiya — yagona samarali profilaktika.

Read more

AbKDS–VGV–Xib–IPV vaksinasi uchun umumiy qarshi ko‘rsatmalar

Doimiy qarshi ko‘rsatmalar: * Vaksinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan drojjassimmon zamburug‘lar, bakteriyalar yoki boshqa hujayraviy komponentlarga nisbatan darhol paydo bo‘luvchi allergik reaksiyalar. * Neomitsin yoki streptomitsinga nisbatan darhol allergik reaksiyalar. * Markaziy nerv tizimining progressiv kasalliklari, jumladan infantil spazmlar, nazorat qilinmaydigan epilepsiya, vaksinatsiyadan so‘ng 7 kun ichida rivojlangan progressiv

By Administrator