Mustaqil ovqatlanish va bolaning sensor rivojlanishi
O‘z-o‘zini ovqatlantirish (samoprkorm) - bu chaqaloqlarda sensor rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yagona prikorm turidir. Ovqatlanishni o‘rganish - bolalar egallaydigan eng murakkab jarayonlardan biridir. Mustaqil ovqatlanish vaqtida chaqaloq organizmidagi barcha sensor tizimlar bir vaqtda faol ishlaydi. Ovqatlanish jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun sensor tizimlarning muvozanatli ishlashi zarur.
Bular:
- vestibulyar tizim, bolani ovqatlantirish stulchasida muvozanatda ushlab turadi; - proprioseptiv tizim, belning tik turishini ta’minlaydi, bo‘g‘ilib qolishning oldini oladi, jag‘ mushaklari bilan chaynash harakatlarini bajaradi, bolaning qo‘liga ovqat bo‘lagini olib, og‘izga yo‘naltirishga yordam beradi;
- interotseptiv tizim, bolaning och yoki to‘qligi haqida miyaga signal yuboradi;
- taktil tizim, ovqatga qo‘l bilan tegish, yangi mahsulotlarni his qilish imkonini beradi;
- hid bilish tizimi, ovqatning hidi orqali uning xavfsizligi haqida miyaga to‘g‘ri signal beradi;
- ta’m bilish tizimi, turli ta’mlarni tatib ko‘rish va yangi mahsulotlarga ochiq bo‘lish imkonini yaratadi;
- eshitish tizimi, begona shovqinlarga chalg‘imasdan, e’tiborni ovqatga qaratishga yordam beradi;
- ko‘rish tizimi, bolaning oldidagi ovqatni ko‘rishiga, yangi mahsulot bo‘laklarini olishiga va qo‘lini qanchaga cho‘zish kerakligini anglashiga yordam beradi.
To‘g‘ri joriy etilgan prikorm bolaning umumiy rivojlanishiga qanchalik kuchli ta’sir ko‘rsatishini ko‘ring. O‘z-o‘zini ovqatlantirishni bolangiz uchun rivojlantiruvchi o‘yin deb hisoblash mumkin, chunki bu jarayon orqali siz bolaning sensor integratsiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatasiz.
Muallif: Nurjamal Asilbekovna
Instagram: dr.ulkhan