Ortiqcha kuch sarflamasdan tartib: bolalarga o‘yinchoqlarni rotatsiya qilish nima uchun kerak

Ko‘pchilik ota-onalar farzandlari turli xil o‘yinchoqlar ko’p bo‘lishini xohlaydi, ammo o‘yinchoqlarning haddan tashqari ko‘pligi “vizual shovqin”ga, hatto sensor yuklanishga olib kelishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘yinchoqlar ortiqchaligi bolalarda stress va diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Biroq bu muammoni hal qilishning oddiy va samarali usuli bor - o‘yinchoqlarni rotatsiya qilish. Ushbu usul nafaqat uyingizda tartibli muhit yaratishga yordam beradi, balki bolangiz ijodiy rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu qanday ishlaydi? Bolaning o‘yinchoqlaridan faqat bir qismini erkin foydalanish uchun qoldiring. Ochiq javonlar yoki savatlardan foydalaning - o‘yinchoqlar ko‘rinadigan va oson olinadigan bo‘lsin. Bu bolaga nimani o‘ynashni xohlayotganini oson tanlashga yordam beradi.

O‘yinchoqlar to‘plamini muntazam ravishda almashtirib turing - haftasiga, oyiga bir marta yoki o‘zingizga qulay bo‘lgan tarzda. Bu nafaqat tartibsizlikni kamaytiradi, balki bolangizning yangi o‘yin imkoniyatlariga bo‘lgan qiziqishini ham saqlab qoladi.

Bolangizning o‘yin maydonini yanada tartibli va ilhomlantiruvchi qiling - shunda ortiqcha stresssiz o‘ynash jarayonida uning ijodiy salohiyati va diqqatni jamlash qobiliyati qanday rivojlanayotganini ko‘rasiz.

Read more

AbKDS–VGV–Xib–IPV vaksinasi uchun umumiy qarshi ko‘rsatmalar

Doimiy qarshi ko‘rsatmalar: * Vaksinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan drojjassimmon zamburug‘lar, bakteriyalar yoki boshqa hujayraviy komponentlarga nisbatan darhol paydo bo‘luvchi allergik reaksiyalar. * Neomitsin yoki streptomitsinga nisbatan darhol allergik reaksiyalar. * Markaziy nerv tizimining progressiv kasalliklari, jumladan infantil spazmlar, nazorat qilinmaydigan epilepsiya, vaksinatsiyadan so‘ng 7 kun ichida rivojlangan progressiv

By Administrator