Poliomiyelit
Poliomiyelit — jiddiy yuqumli bo‘lgan kasallik bo‘lib, nerv tizimini zararlaydigan virus tomonidan chaqiriladi va bir necha soat ichida qaytarilmas falajlikka olib kelishi mumkin.
Poliomiyelit odamdan odamga yuqadi: virus og‘iz orqali organizmga kiradi va ichakda ko‘payadi. Keyinchalik virus chiqindi (najas) orqali tashqi muhitga chiqib, ayniqsa sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilmaydigan joylarda jamoa ichida tez tarqalishi mumkin.
Yuqdirilganlarning katta qismida (90%) simptomlar yo‘q yoki yengil bo‘lib, ko‘pincha aniqlanmay qoladi. Boshqalarda esa birinchi simptomlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
• isitma
• charchoq
• bosh og‘rig‘i
• qayt qilish
• bo‘yning qotishi (bo‘yin rigidligi)
• qo‘l-oyoqlarda og‘riq
Poliomiyelitni tuzatib yuboradigan dori mavjud emas, faqat simptomlarni yengillashtiruvchi davolash tadbirlari amalga oshiriladi.
Asoratlar
Poliomiyelit asoratlari ko‘p va asosan parezlar va falajlik rivojlanishi bilan bog‘liq:
– poliomiyelit falaji
– pnevmoniya
– miokardit
– oshqozonning o‘tkir kengayishi
– me’da-ichak qon ketishlari
– ichak neprohodimligi
Poliomiyelit asoratlarining oldini olish emlash orqali mumkin.