Qo‘shimcha ovqatlantirish: u nima uchun kerak va aslida nimadan boshlanadi

Qo‘shimcha ovqatlantirish: u nima uchun kerak va aslida nimadan boshlanadi

Farzandingiz ulg‘ayib, uning hayotida yangi va muhim bosqich - qo‘shimcha ovqat (prikorm) davri boshlanadi. Aslida, bu sutli ovqatlanishdan umumiy dasturxondagi ovqatlarga bosqichma-bosqich o‘tishdir. Bola turli mahsulotlar, teksturalar, ta’mlar va hidlar bilan tanisha boshlaydi, ovqat nima ekanligi va u bilan nima qilish kerakligi haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘ladi. Aynan shu davrda bolaning ovqatlanish odatlari shakllanadi va uning kelajakdagi ovqatlanish xulqi belgilanadi. Shu sababli bu jarayonda ota-onaning roli nihoyatda muhim.

Qo‘shimcha ovqatni qanday qilib to‘g‘ri joriy etishni tushunish uchun, avvalo, uni nega kiritayotganimizni aniqlab olaylik.

Qo‘shimcha ovqatning maqsadi - bolani ma’lum miqdorda ovqat bilan to‘ydirish emas. Uning butunlay boshqa vazifalari bor:

1.    Bolani turli mahsulotlar, teksturalar, ta’mlar va hidlar bilan tanishtirish, unga qo‘shimcha energiya, vitaminlar va mikroelementlar berish. Shu sababli prikorm xilma-xil va to‘yimli bo‘lishi kerak. Bolani haftalab faqat qovoq bilan yoki oylar davomida faqat bankadagi pyurelar bilan boqish to‘g‘ri emas.

2.    Ovqat nima ekanligini ko‘rsatish, u bilan qanday muomala qilishni va mustaqil ovqatlanishni o‘rgatish. Buni biz bolaga, avvalo, o‘zimizning shaxsiy namunamiz orqali ko‘rsatamiz. Bola bizga taqlid qilib o‘rganadi, shu sababli prikormning ilk kunlaridan boshlab ota-onalar bilan birga ovqatlanish juda muhim.

3.    Kelajak uchun sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish, ovqatlanish jarayonidan zavq olishni o‘rgatish. Bola prikormning boshidanoq o‘zini oilaning bir qismi sifatida his qilishi kerak. U ovqat - jazolash vositasi emasligini, ovqatni majburan tiqishtirish kerak emasligini, ovqat mukofot yoki rag‘bat emasligini va uni “munosib bo‘lib” olish shart emasligini tushunishi lozim. Ovqatga bo‘lgan barcha munosabat va qarashlarni biz bolaga aynan shu davrda singdiramiz, shuning uchun bu jihatlarga alohida e’tibor berish muhim.

Shu bilan birga, bir yoshgacha bolaning asosiy ovqati baribir ona suti yoki sutli aralashma bo‘lib qoladi. Bola hali qo‘shimcha ovqat bilan to‘yishni bilmaydi, shu sababli hayotining ikkinchi yarmida ham sutli ovqatlanish uning asosiy to‘yinish manbai bo‘lib qoladi.

Muallif: Mereke Jeksibayeva
Instagram: pro_prikorm_kz

Read more

AbKDS–VGV–Xib–IPV vaksinasi uchun umumiy qarshi ko‘rsatmalar

Doimiy qarshi ko‘rsatmalar: * Vaksinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan drojjassimmon zamburug‘lar, bakteriyalar yoki boshqa hujayraviy komponentlarga nisbatan darhol paydo bo‘luvchi allergik reaksiyalar. * Neomitsin yoki streptomitsinga nisbatan darhol allergik reaksiyalar. * Markaziy nerv tizimining progressiv kasalliklari, jumladan infantil spazmlar, nazorat qilinmaydigan epilepsiya, vaksinatsiyadan so‘ng 7 kun ichida rivojlangan progressiv

By Administrator