Quloq siri va bolalarda quloq gigiyenasi
Quloq siri — bu “kir” emas, balki:
• tashqi quloq yo‘lini namlab turadi;
• bakteriya va zamburug‘lardan mexanik himoya qiladi;
• tashqi quloq otiti rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Chaqaloqning qulog‘ini qanday tozalash kerak?
• Eng xavfsiz usul — quloq yo‘lining tashqi qismini yuzasidan yengilgina paxta disk yoki yumshoq salfetka bilan artish.
• Asbobni quloq ichkarisiga chuqur kiritmaslik kerak — baraban pardasi va terini shikastlash xavfi bor.
Paxta cho‘pchalar nima uchun xavfli?
Paxta cho‘pchalar:
• quloq sirini ichkariga yanada chuqurroq surib yuboradi;
• natijada “siri probkasi” (sernaya probka) hosil bo‘lib, eshitishni pasaytiradi va noqulaylik keltirib chiqaradi.
Siri probkasi bo‘lsa nima qilish kerak?
• Odatda quloq o‘zi tozalanadi: chaynash va gapirish paytida ortiqcha siri tashqariga chiqadi.
• Uy sharoitida — faqat tashqi qismini mato salfetka yoki disk bilan artish yetarli.
• Agar quloq to‘liq tiqilib qolsa, eshitish pasaysa yoki og‘riq bo‘lsa — LOR shifokori probkani maxsus usulda olib tashlaydi.
Bolalarni LOR shifokoriga kamida yiliga bir marta profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish tavsiya etiladi.
Manba: https://www.verywellfamily.com/how-to-clean-your-child-s-ears-5235249
Muallif: Moldir Maratkizi
Instagram: doctor_zharaspayeva