Sovuq, laktostaz va laktatsion mastit: bog‘liqmi?
“Sovuqdan mastit bo‘lib qoladimi?” — degan savol tez-tez uchraydi.
Ha, ayrim sharoitlarda ba’zi omillar orqali bilvosita ta’sir qilishi mumkin, lekin:
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri “sovuq urib mastit bo‘ldi” degan ilmiy isbot yo‘q.
Nima bo‘lishi mumkin?
- ona sovuqdan qo‘rqib bolani talabga ko‘ra emizishni kamaytirsa
(masalan, ko‘krakni tez-tez ochmaslikka harakat qilsa), - faqat so‘rg‘ich uchini berib, areolani qisman yopib tursa,
- qattiq, porolonli byustgalterlarni doimiy kiyib yursa
(qisish, bosim, staz).
Ko‘krakda sutning qotib qolishi va laktostaz aynan shu tashkiliy omillar sababli yuzaga keladi.
Adabiyotlar tahlili va ko‘plab kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki:
- sovuq havo, konditsioner, ochiq deraza va hokazolar —
o‘z-o‘zicha laktostaz yoki mastit sababi emas; - eng muhimi — to‘g‘ri tashkil etilgan emizish, erkin rejim va ko‘krakni to‘liq bo‘shatish.
Laktatsion mastit xavf omillari:
- kam-kam emizish yoki soat bo‘yicha qat’iy rejim;
- noto‘g‘ri emizish pozasi va noto‘g‘ri ushlash (zahvat);
- ortiqcha sut ishlab chiqarilishi (giperlaktatsiya);
- sut yo‘llarining qisman to‘silishi;
- ko‘krakka doimiy bosim
(qattiq lifchik, xavfsizlik kamari); - onaning charchashi, stress, yetarlicha dam olmaslik;
- emizishni keskin to‘xtatish;
- ona yoki bolaning kasalliklari;
- to‘yimli ovqatlanishning yetishmasligi;
- ilgari laktostaz yoki mastit bo‘lganligi;
- so‘rg‘ich yorilishi;
- ko‘krakda qo‘shimcha segmentlar;
- mammoplastika yoki boshqa jarrohlik amaliyotlari.
Asosiy profilaktika:
- erkin emizish (talabga ko‘ra);
- bolani ko‘krakdan cheklamaslik;
- so‘rg‘ich va areolalarda yoriqlar paydo bo‘lsa — darhol to‘g‘ri yordam ko‘rsatish;
- laktostazni o‘z vaqtida davolash;
- onani psixoemotsional qo‘llab-quvvatlash.
Manba:
https://myhealth.alberta.ca/Health/aftercareinformation/pages/conditions.aspx?hwid=uf8010
Muallif: Nadejda Erashova
Instagram: fizioterapevt_astana