Timus
Timus – immun tizimimiz faoliyatida asosiy rol o‘ynaydigan organ. Qizig‘i shundaki, uning nomi yunoncha «thymos» («hayot kuchi») so‘zidan kelib chiqqan.
Tug‘ilgan paytdan boshlab timus organizmni bakteriya, virus va boshqa mikroorganizmlarga qarshi kurashga tayyorlaydi.
Dastlab u 10–12 gramm atrofida bo‘ladi, o‘smirlik yoshiga kelib eng katta massasiga (30–40 g) etadi. Shundan so‘ng asta-sekin kichrayish va funktsional faolligini yo‘qotish boshlanadi.
Timus va suyak ko‘migi – birlamchi limfoid organlardir. Immun tizim aslida shu erda shakllanadi. T-limfotsitlar suyak ko‘migida paydo bo‘lib, keyin timusga o‘tadi va u erda etiladi. Keyinroq epitelial hujayralar – «ustozlar» yordamida limfotsitlar «o‘zimizniki» bilan «begona»ni farqlashni o‘rganadi.
Oddiy qilib aytganda, malum virus yoki patogen bilan qayta uchrashganda kasal bo‘lib qolmaslikka yordam beradigan maxsus hujayralar shu erda shakllanadi.
Timus limfotsitlarni «o‘qitish»dan tashqari, organizm to‘liq ishlashi uchun zarur bo‘lgan qator gormonlarni ham ishlab chiqaradi:
• IFR-1 (insulinsmon o‘sish faktori-1)
• timozin
• timalin
• timopoetin
Ko‘p hollarda bemorlar UZI diagnostikasi natijasini olib, timus kattalashganini ko‘rib qo‘rqib kelishadi. Timusning 1–2-draje kattalashishi klinik ahamiyatga ega emas. Bolalik davrida bu – norma, chunki bola barcha infektsiyalar bilan birinchi marta uchrashmoqda.
3-draje va undan yuqori darajadagi kattalashish esa diqqatni tortadi. Bu erda biz quyidagi klinik belgilarga qarab baxo beramiz:
• tez-tez qusib yuborish
• ehtimoliy qayt qilish
• yo‘tal
• uyquda nafas to‘xtashi
• ehtimoliy ongni yo‘qotish
• bo‘g‘ilish hurujlari
Barchasi timus atrofidagi organ va tizimlarning qay darajada siqilayotganiga bog‘liq (timusning anatomik joylashuviga qarang). Shuningdek, timus kattalashishini timoma yoki boshqa neo‘obrazovaniyalardan farqlash kerak.
Qaysi vrachlar shugullanadi?
Timus bilan bog‘liq patologiyalar yuzaga kelganda vrachlar aralashuvi shart. Endokrinolog, immunolog va xirurglar birgalikda bu holatlarni davolashadi.
Di Djordji sindromi - Bu kasallik genetik mutatsiya natijasida timusning rivojlanmasligi yoki umuman yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Immun hujayralar etilib bora olmaydi, shuning uchun organizm infektsiyalarga nisbatan mutlaqo himoyasiz qoladi.
Ko‘pincha gipoplaziya (organ zaif rivojlangan, lekin bor) shaklida uchraydi. «Shveytsar sindromi»da esa erta bolalikda o‘lim xavfi juda yuqori.
Yagona davolash usuli – suyak ko‘migi transplantatsiyasi yoki timus to‘qimasi kulturasi ko‘chirib o‘tkazish. Bunday holatda, albatta, operatsiya masalasi hal bo‘lmagunicha bolalarga privivka qilish mumkin emas, chunki timussiz inson barcha infektsiyalarga qarshi himoyasiz.
Timus va uning organizimdagi roli haqida bilish ota-onalarga bolalarining sog‘lig‘ini diqqat bilan kuzatishga va zarur paytda vrachga o‘z vaqtida murojaat qilishga yordam beradi.
Manba: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC6446584/