Trixofitiya (tinea capitis)

Trixofitiya, tinea capitis nomi bilan ham malum, – bu bosh teri griboq infektsiyasi bo‘lib, ko‘pincha 5–10 yoshli bolalarda uchraydi. Trixofitiya ota-onalar uchun haqiqiy muammoga aylanishi mumkin.
U tanada doirasimon qizil dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va sochli qism bo‘ylab tarqalishi, soch to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Quyida bu infektsiya bilan qanday kurashish va uning tarqalishini qanday oldini olish kerakligini ko‘rib chiqamiz.
Asosiy simptomlar:
• bosh terida qichishish
• qavatlanish va qizarish
• “qora nuqtalar” va singan soch bo‘laklarining paydo bo‘lishi
• lokal (mahalliy) alopetsiya uchastkalari (soch to‘kilgan joylar)

Suratda bolalardagi trixofitiya qanday ko‘rinishini ko‘rishingiz mumkin. Agar bolangizda shunga o‘xshash belgilarni sezsangiz, vrachga tashrifni kechiktirmang!


Diagnostika:
Dermatoskopiya – singan soch va "qora nuqta"larga xos belgilarni tez aniqlash imkonini beradi.
Mikroskopiya – bosh teri namunalarini kaliy gidroksidi (KOH) yordamida tekshirib, griboq elementlarni aniqlash.
Laborator testlar – tashxisni tasdiqlashi mumkin, lekin har doim ham zarur emas.


Davolash
Trixofitiya to‘g‘ri va o‘z vaqtidagi davolashni talab qiladi:
Og‘iz orqali zambrug‘ga qarshi dori-vositalar – terbinafin yoki flukonazol kabi preparatlar, odatda 3–6 hafta davomida qabul qilinadi.
Kepakka qarshi shampunlar – simptomlarni kamaytirish va infektsiyaning yanada tarqalishini to‘xtatish uchun qo‘shimcha vosita sifatida ishlatilishi mumkin.


Qanday yuqadi?
Trixofitiya quyidagi ifloslangan buyumlar bilan kontakt orqali yuqishi mumkin:
• taroq va shyotkalar
• sochiqlar
• o‘yinchoqlar
• yotoq anjomlari

Profilaktika
Trixofitiyani oldini olish uchun quyidagilarga rioya qiling:
• umumiy gigiena buyumlaridan foydalanishdan saqlaning: tarash, sochiq kabi vositalar har bir odamga alohida bo‘lishi kerak;
• qo‘llarni va shaxsiy gigienani muntazam saqlash – bu ko‘p infektsiyalarni, shu jumladan zamburug‘ kasalliklarning oldini olishga yordam beradi;
• uy hayvonlarini tekshirib turing: ular ham infektsiya manbai bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular salomatligini muntazam nazorat qilish muhim.


Manba: https://diseases.medelement.com/disease/трихофития-рекомендации-рф/15261
Muallif: Botagoz Baurjanovna
Instagram: dr.botagoz_temirtas

Read more

AbKDS–VGV–Xib–IPV vaksinasi uchun umumiy qarshi ko‘rsatmalar

Doimiy qarshi ko‘rsatmalar: * Vaksinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan drojjassimmon zamburug‘lar, bakteriyalar yoki boshqa hujayraviy komponentlarga nisbatan darhol paydo bo‘luvchi allergik reaksiyalar. * Neomitsin yoki streptomitsinga nisbatan darhol allergik reaksiyalar. * Markaziy nerv tizimining progressiv kasalliklari, jumladan infantil spazmlar, nazorat qilinmaydigan epilepsiya, vaksinatsiyadan so‘ng 7 kun ichida rivojlangan progressiv

By Administrator