Nega internetda privivkalar haqida ko‘pincha yomon fikrlar bor?

Ota-onalar qabulda so‘rashadi:

«Doktor, agar privivkalar deyarli doim xavfsiz bo‘lsa, nega internetda ular haqida shuncha yomon fikrlar bor, birorta yaxshi fikr yo‘q?»

Rostini aytib javob bering: qanchalik ehtimol bilan siz juda yoqqan kafe haqida minnatdorchilik bilan iliq fikr qoldirasiz? Ularga saytda yozasizmi, ular haqida do‘stlarga ishtimoyi tarmoqlarda gapirasizmi, Google-kartalarda beshta yulduz qo‘yasizmi? Javob berdingizmi?

Endi o‘ylab ko‘ring, agar kafe sizga yoqmagan bo‘lsa (ofitsiant qo‘pqa, salatda tarakan), yomon fikr qoldirish ehtimoli qanchalik? Aniqki, ancha yuqori, shunday emasmi?

Tezis №1 – negativ his-tuyg‘ular pozitivga qaraganda insonni harakatga ancha kuchliroq undaydi.

Xulosa: privivkalardan kelgan zarar holatlari (haqiqiy yoki shunchaki shubhali bo‘lsa ham) internetga foydali holatlarga qaraganda ancha tez va ko‘proq tushib turadi.

Keyingi bosqich. Tasavvur qiling, siz bolangiz uchun bog‘chaga keldingiz, qarasangiz qo‘liga bandaj qo‘yilgan – u sayr paytida qo‘lini kesib olgan. Tarbiyavchiga norozilik bildirishingiz aniq-ku, shunday emasmi?

Shu «hodisa» haqida qarindoshlaringiz va do‘stlaringizga albatta gapirasiz, deb o‘ylayman.

Endilikda boshqa vaziyat: bolangiz uyda, siz bilan birga bo‘lganida, pelenalnыy stoldan yiqilib tushsa yoki skatertni tortqab, o‘zining ustiga qaynoq suvli choyniki ag‘darib yuborsa – bu haqda hammaga aytasizmi?

Tezis №2 – biz o‘z xatolarimizni boshqalar xatosiga qaraganda ancha oson «kechiramiz».

Xulosa: privivka qildirmagani sababli bolasi jabr ko‘rgan ota-onalar, odatda, bu haqda internetga yozmaydi – ular o‘zlariga nisbatan ayblash va tanqiddan qo‘rqishadi. Lekin bolasi privivkadan zarar ko‘rgan (haqiqiy yoki shunchaki ko‘rinadigan «zarar» bo‘lsa ham) ota-onalar, albatta, yozadi – chunki ota-onalar vrachni tanqid qilishga tayyor turadi.

Ko‘pchilik hollarda sizda vaktsina ishlagan-ishlamaganini anglash imkoni yo‘q.

Agar siz qo‘rqinchli YTHga tushib, tirik qolsangiz – xavfsizlik kamarlari va mashinaning xavfsizlik yostiqchasi, bu ko‘zga ko‘rinadi.

Lekin privivka olganingizdan keyin kasallanmasangiz – «hech qanday maxsus voqea sodir bo‘lmagandek» tuyuladi: hammasi yaxshi edi va shundayligicha qoldi.

Qancha bola pnevmokokk infektsiyasidan himoya qiluvchi konyugatsiyalangan vaktsina - Prevenar 13 olganidan keyin otit bilan kasallanmagan? Buni faqat tadqiqotlar orqali bilish mumkin; aniq bir oila esa, aniq miqdorda qancha kasallik va asoratlarni ularning pediatri emlash orqali oldini olganini bila olmaydi.

Biz esa klassik kognitiv xato qilamiz: go‘yo dunyo «odil» va yaxshilik o‘zi-o‘zidan sodir bo‘lib turadi, yomon narsalar esa faqat «kimnidir aybidan» paydo bo‘ladi, degan fikrda yuramiz.

Menda shunday ota-onalar bo‘lganki, ularning gapiga ko‘ra, go‘daklar bog‘chasida guruhida koklyush epidemiyasi bo‘lgan, ko‘p bolalar kasallangan, lekin ularning bolasi kasallanmagan.

Shu holatda ham bu ota-onalar: «Bizning ishimiz yurishdi», «Bolam kasal bolalar bilan kam aralashgani uchun yuqtirmadi», – deb aytishgan, bolasining salomatligini o‘z vaqtida va to‘liq emlangani bilan bog‘lashga ancha istaksiz yondashishgan.

Ishonib aytamanki, agar bola baribir kasallanganda edi, ular «omad yuz o‘girdi» yoki «bolam kasallar bilan ko‘p muloqotda bo‘ldi» demas, balki menga: «Sizning vaktsinaingiz ishlamadi», – deb davo qilishga tayyor bo‘lishardi.

Tezis №3 – odamlar epidemiologiya va immunoprofilaktika asoslarini zaif biladi, shuning uchun ham odatda o‘z xulosalarida obektiv emas.

Xulosa: hatto ota-onalar privivkalar haqida yaxshi fikr yozmoqchi bo‘lishsa ham, ko‘pincha yozishga «hech narsa» yo‘qdek tuyuladi – «aqir hech nima sodir bo‘lmadi-ku».

«Men bolamga barcha privivkalarni qildirdim va u hech qanday kasallikka chalinmadi», deb yozishi mumkin. Lekin bu holatda hatto eng «sust» vaktsinatsiyaga ishonmaydigan ham bu ota-onani «privivkalar bu erda umuman rol o‘ynamadi», deb ishontirishga urinadi.

Bu erda yana xayp (shov-shuv) omilini ham qo‘shing – u har doim odamlar etiborini tortadi.

Shuning ustiga, emlashdan qo‘rqishlar keng tarqalganligi (demak, kognitiv xato – «men baribir ulardan bir zarar chiqishini bilgandim») tufayli quyidagi manzaraga etamiz:

  • bir tomonda, odamlar vaktsinalar qanday ishlashini tushunmaydi, o‘z bolasi aynan qancha foyda olganini baholay olmaydi va avvaldan emlashga shubha bilan qaraydi;
  • ikkinchi tomonda esa, privivkadan keyingi har qanday nojo‘ya reaktsiyaga (hatto eng bezararlariga ham) qattiq yopishadilar, vaktsinatsiyadan keyin sodir bo‘lgan xar qanday badiyatda (hatto vaktsinaning unga hech qanday aloqasi bo‘lmasa ham) vrach va vaktsinani ayblashga moyil bo‘lishadi va shu «xato»lar haqida (haqiqiy yoki mnimiy) o‘z xatolaridan ancha zavq bilan yozadilar.

Faqat o‘tgan haftaning o‘zida menga quyidagi oilalar murojaat qildi:

Uch nafar mutlaqo emlanmagan bolali oila; o‘rtadagi bola «bir oydan beri tushunarsiz tarzda, yuzi qizarib, bosh og‘rig‘icha davom etadigan darajada yo‘taladi», – deyishdi. Oxirgi kunlarda esa eng kichigi ham «ayniqsa kechasi, qayt qilish reflekslarigacha olib keluvchi kuchli yo‘tal bilan» kasallangan, «aloqadagi mahalliy vrachning davosi, albatta, yordam bermayapti».

Ogohlantirish: bu – koklyush, yani ushbu oiladagi eng kichik bola uchun juda xavfli bo‘lgan kasallik; uni AKDS vaktsinasi ishonchli ravishda himoya qilgan bo‘lar edi.

Bu odamlardan birontasi bu haqda internetga yozishi ehtimoli juda kam. Odamlar o‘z mushkulini, agar bu erda ayblaydigan hech kim bo‘lmasa, ko‘pchilikka tarqatgisi kelmaydi.

Vrachlar bunday vaziyatlarni tez-tez ko‘rishadi, lekin vrachlik siri bois ommaga ayta olmaydi va umumiy holda ham bunday holatlar bilan juda faxrlanib bo‘lishmaydi.

U holda internetda privivkalarning foydasi yoki ular yo‘qligidan kelgan zarar haqidagi voqealar qaerdan paydo bo‘ladi?

Eng muhimi: chop etilgan privivkadan «zarar» holatlarining deyarli barchasi

  • bo‘rttirish: «bir haftagacha bolamning oyoqlari ishlamay qoldi», deb yozadi, aslida esa bola 1–2 kun faqat sondagi inektsiya joyi og‘rig‘i sabab ehtiyot bo‘lib yurgan bo‘ladi;
  • sabab-oqibat bog‘lanishining yo‘qligi: «bir yoshda vaktsina qo‘yishgan, 9 yoshida qandli diabet boshlangan – demak, vaktsina sabab», – deb yozishadi, aslida bu erda hech qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin emas;
  • yoki oddiy yolg‘on: «So‘nggi yarim yilda bizning poliklinikada AKDSdan ko‘p bolalar o‘lib ketdi, vrachlar esa buni yashiryapti» – axir bunday narsani qanday yashirish mumkin, deb o‘ylaysiz?!

Shuni aytmasak ham bo‘ladi-ki, hatto to‘g‘ri malumotni ham noto‘g‘ri shaklda taqdim etish mumkin.

Muallif: Leyla Dairbaeva
Instagram: dr.dairbayeva

Read more

AbKDS–VGV–Xib–IPV vaksinasi uchun umumiy qarshi ko‘rsatmalar

Doimiy qarshi ko‘rsatmalar: * Vaksinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan drojjassimmon zamburug‘lar, bakteriyalar yoki boshqa hujayraviy komponentlarga nisbatan darhol paydo bo‘luvchi allergik reaksiyalar. * Neomitsin yoki streptomitsinga nisbatan darhol allergik reaksiyalar. * Markaziy nerv tizimining progressiv kasalliklari, jumladan infantil spazmlar, nazorat qilinmaydigan epilepsiya, vaksinatsiyadan so‘ng 7 kun ichida rivojlangan progressiv

By Administrator