VGV (V gepatitiga qarshi vaksina)
VGV vaksinasi bolalarga 1–4 kunlik chog‘ida, shuningdek 2 va 4 oylikda yuboriladi.
VGV vaksinasi himoya qiladigan infeksiyalar
V gepatiti (Gepatit B, HBV)
(Yuqorida bayon etilgan V gepatiti tavsifi bilan bir xil – jigarning hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan virusli yuqumli kasallik, asosiy yuqish yo‘llari: onadan bolaga perinatal yo‘l, oila ichida qon orqali gorizontal yuqish, igna ukollari, tatuirovka, pirsing, zararlangan qon va biologik suyuqliklar bilan kontakt va h.k.)
Asoratlar
Kam hollarda o‘tkir gepatit o‘tkir jigar yetishmovchiligiga olib kelib, o‘lim xavfini keltirib chiqaradi.
V gepatiti virusi jigarning surunkali infeksion kasalligiga, keyinchalik sirroz yoki jigar saratoniga aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
V gepatiti asoratlarining oldini olish emlash orqali mumkin.
VGV vaksinasiga umumiy qarshi ko‘rsatmalar
Umumiy qarshi ko‘rsatmalar:
vaksinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xamirturishga o‘xshash zamburug‘lar, bakteriyalar yoki boshqa hujayra komponentlariga nisbatan darhol paydo bo‘luvchi allergik reaksiyalar.
Umumiy qarshi ko‘rsatmalar
- vaksinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xamirturishga o‘xshash zamburug‘lar, bakteriyalar yoki boshqa hujayra komponentlariga nisbatan darhol rivojlanadigan allergik reaksiyalar;
- mazkur vaksinaning avvalgi dozasi yuborilgandan keyin 48 soat ichida rivojlangan kuchli reaksiya (tananing harorati 40°C va undan yuqoriga ko‘tarilishi, uch soat yoki undan ortiq davom etadigan odatdan tashqari, uzoqqa cho‘ziluvchi yig‘lash sindromi, febril yoki haroratsiz sudorogalar, gipotoniya-giporeaktiv sindrom);
- vaksinaning avvalgi dozasini yoki uning istalgan komponentini yuborgandan so‘ng rivojlangan og‘ir allergik reaksiya (jumladan anafilaksiya). Vaksinatsiyadan so‘ng 7 kalendar kuni ichida, boshqa aniq isbotlangan sabab bilan bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlangan ensefalopatiya (koma, ongning susayishi yoki uzoq davom etuvchi sudorogalar).
Vaqtincha qarshi ko‘rsatmalar
- muddatidan oldin tug‘ilish, tug‘ilganda tana vazni 2000 grammdan kam bo‘lishi;
- markaziy nerv tizimining o‘tkir kasalliklari (meningit, ensefalit, meningoensefalit) – vaksinatsiya to‘liq sog‘aygandan keyin bir oy muddatga qadar kechiktiriladi;
- o‘tkir glomerulonefrit – vaksinatsiya sog‘aygandan 6 oy o‘tgach, nefrotik sindrom – kortikosteroidlar bilan davolash tugaguncha kechiktiriladi;
- har qanday temperaturaga qaramasdan o‘rta va og‘ir darajada kechuvchi o‘tkir infeksion va noinfeksion kasalliklar – vaksinatsiya sog‘aygandan 2–4 hafta o‘tgach o‘tkazilishiga ruxsat etiladi;
- turli patologiyalarda steroidlarni, shuningdek immunosupressiv bo‘lgan (immun tizimini susaytiruvchi) boshqa preparatlarni qo‘llash. Istisno: leykozlar, organ va to‘qima ko‘chirib o‘tkazilgan holatlar, aplastik anemiya, immun trombotsitopeniya va qonning boshqa kasalliklari bor bemorlar; bunday holatlarda ayrim vaksinalar (gripp, V gepatiti, pnevmokokk) gematolog, immunolog yoki boshqa profil mutaxassisi xulosasiga ko‘ra tavsiya etiladi;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi va progressiyasi – vaksinatsiya kechiktiriladi va davolashdan so‘ng barqaror remissiya davrida amalga oshiriladi;
- progressirlovchi yoki noustuvor nevrologik buzilishlar, nazorat qilinmaydigan sudorogalar yoki progressirlovchi ensefalopatiya – vaksinatsiya davolash tugab, bemor holati to‘liq barqarorlashguncha kechiktiriladi.
Nojo‘ya ta’sirlar
• inʼeksiya joyidagi og‘riq;
• inʼeksiya joyida qizarish, og‘riqlilik, shish, qattiqlashish, vaksinatsiyadan keyin ikki kun ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadigan unchalik katta bo‘lmagan harorat ko‘tarilishi; gematomalar, eritematoz toshma, eritema, uyqusizlik, asabiylik, tez g‘azablanish, ko‘z yoshining ko‘payishi, uyquchanlik, anoreksiya (ishtahaning yo‘qolishi), qorin og‘rig‘i, diareya, qayt qilish, isitma, qattiqlashish, shish, og‘riq, yallig‘lanish;
• tana haroratining 38,8°C dan yuqoriga ko‘tarilishi;
• umumiy holsizlik, charchoq, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi;
• terida toshma;
• ko‘ngil aynishi, qayt qilish;
• mialgiya (mushak og‘rig‘i), artrit;
• transaminazlar faolligining vaqtincha ko‘tarilishi;
• kandidoz, rinit;
• qizg‘ish lixen (rozoviy lishay), toshma, makulo-papulyoz toshma;
• yangi tug‘ilganlarda sariqlik (neonatal sariqlik);
• haroratning ko‘tarilishi;
• anafilaktik reaksiyalar;
• polinevritlar, ko‘ruv nervi nevriti, yuz nervi falaji, tarqoq sklerozning kuchayishi;
• Giyen–Barre sindromi (1:200 000).
Vaksinalar tarkibi, qo‘llanilishi va ko‘rsatmalari haqida batafsil ma’lumot rasmiy veb-saytda keltirilgan – ndda.kz/category/vakciny
Manba: egu.kz