Xorrak otish

Xorrak otish

Xorrak otish – turli yoshdagi bolalarda uchrashi mumkin bo‘lgan juda keng tarqalgan muammo. Ko‘p ota-onalar boladagi tungi xorrak otishni bezarar holat deb hisoblashadi, ammo bu har doim ham shunday emas.

Doimiy xrap jiddiy kasallik – uyquning obstruktiv apnoe sindromi belgilari bo‘lishi mumkin. Bu holat xorrak otish va uyqu vaqtida tanaffuslar (nafas to‘xtab qolishi) bilan kechadi, u esa gipoksiyaga olib keladi. Nafas to‘xtash epizodlari tun davomida bir necha marta takrorlanishi mumkin.

Bolalarda xrap sabablari:

· adenoid bodomchalar gipertrofiyasi
· o‘tkir va surunkali tonzillit, angina, faringitlar
· allergik rinit
· ortiqcha vazn
· yuqori va pastki jag‘a rivojlanishining anomaliyalari

Xorrak otish paydo bo‘lish mexanizmi: yuqori nafas yo‘llarining yumshoq to‘qimalari yallig‘lanish (shish) yoki giperplaziya (haddan tashqari o‘sish) natijasida kattalashadi va erkin nafas olishga to‘sqinlik qiladi.

Xorrak otish va uyqu apnoesining simptom va ko‘rinishlari:

· xorrak otish
· uyqu vaqtida nafas to‘xtab qolishi (apnoe epizodlari)
· tashvishli, bezovta uyqu
· tungi terlash
· tungi diurez (tuni bilan peshob qilib qo‘yish)
· giperaktivlik
· diqqat etishmasligi
· kunduzgi uyquchanlik
· jismoniy rivojlanish orqada qolishi
· o‘qishda natijalar past bo‘lishi

Xar doim xorrak otadigan va apnoe epizodlari bo‘lgan bolalarda o‘sish va jismoniy rivojlanishning orqada qolishi kuzatilishi mumkin. Bu uyqu buzilishi, chuqur uyqu fazasining qisqarishi, shuning oqibatida esa o‘sish gormoni (somatotropin) sekretsiyasining kamayishi bilan bog‘liq.

Ota-onalar nimaga etibor berishi kerak:

• farzandingiz xrap qiladimi?
• uyqu vaqtida nafas to‘xtab qolish epizodlari bormi?
• bezovta uyqu, tungi terlash, tungi diurez kuzatiladimi?
• kunduzlari ortiqcha yig‘loqlik, asabiylik, diqqat etishmasligi bormi?

Agar bolada xrap va uyqu apnoesidan shubha paydo bo‘lsa, albatta LOR-vrach, endokrinolog, stomatolog-ortodontga murojaat qilish kerak.

Muallif: Aida Maksatovna
Instagram: dr.yerbolsyn_aida

Read more

AbKDS–VGV–Xib–IPV vaksinasi uchun umumiy qarshi ko‘rsatmalar

Doimiy qarshi ko‘rsatmalar: * Vaksinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan drojjassimmon zamburug‘lar, bakteriyalar yoki boshqa hujayraviy komponentlarga nisbatan darhol paydo bo‘luvchi allergik reaksiyalar. * Neomitsin yoki streptomitsinga nisbatan darhol allergik reaksiyalar. * Markaziy nerv tizimining progressiv kasalliklari, jumladan infantil spazmlar, nazorat qilinmaydigan epilepsiya, vaksinatsiyadan so‘ng 7 kun ichida rivojlangan progressiv

By Administrator