Yangi tug‘ilgan chaqaloq terisiga parvarish: cho‘mildirish, gigiena
Yangi tug‘ilgan chaqaloq dunyoga kelganidan keyin har kunigi parvarish va gigienaga oid juda ko‘p savollar yosh ota-onalarni qiynaydi.
Internetdagi ishonchsiz malumotlar, qarindoshlarning «maslaxat»lari natijasida ko‘pincha chaqaloq terisi zarar ko‘radi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq terisiga parvarish. Cho‘mildirish.
Chaqaloqni alohida xonadon (vanna)da, oddiy krandan oqadigan suvda cho‘mildirish kerak. Suvni albatta qaynatish, turli o‘tlar, margantsovka yoki tuz qo‘shish shart emas.
Katta shaharlarda suvning kuchli xlorlanishi natijasida terimiz qatiy qurib qoladi. Qo‘shimcha tuz qo‘shilganda chaqaloqning nozik terisi yanada qichishishga uchraydi va natijada vrach ko‘rigini talab qiluvchi kuchli qurishish va terida to‘shmalar paydo bo‘ladi.
Haftada ikki marta chaqaloqni 0+ yoshdan tavsiya etilgan, kosmetika, krem, shampun va bazi dori vositalarida konservant sifatida ishlatiladigan moddalar va bo‘yoqlarsiz yuvinish penkasi bilan cho‘mildirish mumkin. Suv harorati 36–37°S bo‘lishi kerak. Cho‘mildirish davomiyligi 5–10 daqiqa.
Cho‘mildirilgandan keyin teriga parvarish
Cho‘milgandan so‘ng chaqaloqning tericini sochiq bilan yumshoq qilib quritish kerak. Kindik va tabiiy teri qatlamlari (qat-qatlari)ning quruqligi tekshiriladi.
Cho‘milgandan keyin butun tanaga (tabiiy qatlamlar va pampers osti zonasidan tashqari) namlantiruvchi kremlar surtishga ruhsat etiladi. Terini namlaydigan katta afzalligi – poralarni to‘sib qo‘ymaydi, issiqlik va allergik reaktsiyalarni chaqirmaydi, bolalar yog‘i surtishga nisbatan xavfsizroq.
Pampers bor hududga esa kuniga 1–2 marta tsink oksidi saqlovchi krem surtish tavsiya etiladi – pelenka dermatitlarini oldini olish uchun.
Chaqaloqning terisini defekatsiyadan keyin, qanchalik qimmat bo‘lmasin, vlajnыy salfetka bilan ishqalab artib yubormang. Anus atrofidagi teri juda nozik, tez-tez ishqalanishi natijasida jarohatlar, yoriqlar va ssadinalar paydo bo‘lishi mumkin, bu esa o‘z navbatida pelenka dermatiti yoki boshqa iflos infektsiyalarga sabab bo‘ladi.
Bolani ichi kelgandan keyin pampersni darhol almashtirish va joyini oddiy kran suvi bilan yuvib qo‘yish kerak. Odatda sovun ishlatishga hojat bo‘lmaydi.
Havo vannalari (chaqaloqni yorg‘oqsiz, pamperssiz havoda ushlab turish)ni muntazam ravishda tashkil qilish kerak, ayniqsa issiq kunlarda, chunki bola terisi o‘z tuzilishi sababli hatto ozgina qizib ketishda ham juda sezgir.
Muallif: Vasilisa Orlova
Instagram: dr.vassilissa